MAQSAD VA VAZIFALARIMIZ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, maʼnan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlash, yigit-qizlarning maʼnaviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan aʼzo bo‘lish mumkin. Yaʼni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning aʼzosi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda taʼsis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa aʼzo bo‘lishi mumkin.
SIZ YOSHLAR ITTIFOQIGA A'ZOMISIZ
Quyidagi havola orqali O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga elektron aʼzo bo‘lishingiz mumkin: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi aʼzosini elektron ro‘yxatga olish